Adjectives. Sifatlar



Adjectives
Sifatlar

  • Sifatlar otlarni tasvirlaydi va qanday? qanaqa? so'roqlariga javob beradi:



a large garden - katta bog'
a red bag - qizil sumka
a beautiful picture - chiroyli rasm

  • Sifatlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilmaydi:
large gardens - katta bog'lar
red bags - qizil sumkalar
beautiful pictures - chiroyli rasmlar

  • Sifatlar ikkiga bo'linadi fikr sifatlari ( opinion adjectives ) va haqiqat sifatlari ( fact adjectives)
Fikr sifatlari biron kishining predmetga yoki biron kishiga bo'lgan shaxsiy fikrini ifodalaydi:

  beautiful-chiroyli
  expensive-qimmat
  wonderful-ajoyib
  great-zo'r, buyuk
  lovely-yoqimli
  interesting-qiziqarli
  boring-zerikarli

Haqiqat sifatlari predmetning yoki biron kishining chin sifatlarini ya'ni hajmi, og'irligi, shakli, rangi va materialini ifodalaydi:

short-kalta
green-yashil
round-yumaloq
long-uzun
tall-baland
leather-charm
rectangular-to'rtburchak
silver-kumush

Gap tuzilganda doim birinchi fikr sifatlari keyin haqiqat sifatlar yoziladi.

Haqiqat sifatlari quyidagi tartibda yoziladi

1. hajm/size: big,small,long
2. og'irlik/weight: light, heavy
3. shakl/shape: round, triangular
4. rang/colour: dark blue, light green, red
5. qanday ashyodanligi/ material: cotton, gold, leather, wooden
I have got a beautiful, blue, silk dress.
Mening chiroyli, moviy, ipak ko'ylagim bor.

I bought an expensive, black, leather purse.
Men qimmatbaho, qora, charm hamyon sotib oldim.

Eslatma: birlikdagi otlarga uchtadan ortiq sifat ishlatmang!



You can taste sweet and red pomegranates in Uzbekistan.


It was a wonderful, big, Italian garden

There was a lovely, small library in the cafe.

Comments

Popular posts from this blog

Present Continuous

Degrees of Adjectives. Sifat darajalari.

Future Simple